Davlatimiz rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurgan O‘monning “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, quyosh elektr stansiyalarini barpo etish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.