Wildberries: Dron hujumi jarohati endi og‘riq beryapti
“Wildberries” sotuvchilari platformada sotilgan tovarlar uchun to‘lov kechikkani haqida ommaviy ravishda shikoyat qila boshladi. “Verstka” nashri xabar berishicha, bunday xabarlar bozor maxsus chatida paydo bo‘lmoqda.
Sotuvchilar aytishicha, ular hali 3-avgustgacha sotilgan tovarlar uchun pul olmagan. Bozor qoidasi esa mablag‘ besh ish kunida tegishli hisob raqamiga o‘tkazilishini taqozo qiladi.
Tadbirkorlar o‘z do‘konini saqlab qolish va rivojlantirish uchun mablag‘siz qolganini yozmoqda. Darvoqe, bozor vakillari bank hisobiga pul o‘tkazilishi kechikayotganini texnik muammo bilan bog‘lashyapti.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati sotuvchidan masalani ko‘rib chiqish so‘ralishi, ammo vaziyatga boshqa usul bilan ta’sir ko‘rsata olmasligini ma’lum qilgan. “Wildberries” esa keyingi to‘lov muddatini o‘zgartirdi va amaliyot uchun zarur vaqtni yetti ish kunigacha uzaytirdi.
S.Rahimov, O‘zA