Voleybol: 8 ta jamoa chempionlik uchun kurashga kirishdi
Bugun, 21-may kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport maydonida voleybol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida Oliy liga o‘yinlarining 5-tur bahslari boshlanadi.
Ortda qolgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 17 ta jamoa orasidan saralangan eng kuchli 8 jamoa mavsumning eng muhim bosqichida chempionlik uchun kurashga kirishadi.
Bugun 5-turning ilk o‘yinlarida Buxoro davlat universiteti Qo‘qon davlat universiteti bilan, IIV Akademiyasi Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi bilan, “So‘g‘diyona konchi” voleybolchilari “Humo” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Musobaqalar 31-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA