Velosportchilarimiz Tojikistonda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Samarqandlik velosportchilar Tojikistondagi nufuzli musobaqada yorqin start oldi. Ularning ilk kundagi muvaffaqiyati keyingi bahslarga umid bag‘ishlaydi.
Tojikistonning Xo‘jand viloyatida velosportning trek va shosse yo‘nalishlarida mamlakat chempionati hamda viloyat hokimi kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Unda Samarqand viloyatidan tashrif buyurgan sportchilarimiz ham munosib ishtirok etib, musobaqaning birinchi kunida 3 tadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning chiqib ketish (guruh) poygasida Akobir Ismatillayev va Shofayz Isoqulov, jamoaviy poygada Akobir Ismatillayev va Mironshoh Bahodirov, 1000 metrga individual poygada esa Akmal A’zamov va Ozodbek Asrorov g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA