Yosh shaxmatchimiz Italiya turnirida sport ustaligi talabini bajardi
Italiyaning Spilimbergo shahrida o‘tkazilgan “24-Torneo Internazionale di Scacchi Spilimbergo” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik shaxmatchilar munosib natijalarni qayd etdi.
20 ga yaqin mamlakatning 240 nafardan ortiq shaxmatchilari dona surgan turnirda yurtimiz vakillaridan Abdumalik Abusalimov 7 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar holatida 7-pog‘onani, Ortiq Nig‘matov 6,5 ochko bilan 14-o‘rinni band etdi.

Turnirda dona surgan yana bir yosh shaxmatchimiz Abdumajid Botiraliyev 41 ochko bilan 40-qatordan joy olib, xalqaro sport ustasi unvoni uchun zarur bo‘ladigan navbatdagi normani bajardi.
Shuningdek, musobaqada qatnashgan shaxmatchi yoshlarimizdan Hasan Akromov 4,5 ochko, Sherali Ravshanov 4 ochko jamg‘ardi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA