Vazir yosh volontyorlar bilan uchrashdi
Poytaxtimizda “Yoshlar kuni” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov va Favqulodda vaziyatlar volontyorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, o‘zining xizmat faoliyati, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yangiliklar hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, yosh qutqaruvchi-volontyorlarning taqdimotlari tinglanib, ular tomonidan ilgari surilayotgan loyihalar, tashabbuslar va takliflar bilan tanishildi. Yoshlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktika ishlaridagi faolligini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida mas’ullarga volontyorlik guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, “mahalla – volontyor – davlat inspektori” o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Uchrashuv yakunida yosh qutqaruvchi-volontyorlarning tashabbuskorligi, fidoyiligi va xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtiroki yuksak baholandi.
G.Boboyeva, O‘zA