Ukraina mudofaa sanoatida muhandislar yetishmayapti
“Bloomberg” nashri yozishicha, Ukraina mudofaa sanoati muhandislar va boshqa malakali mutaxassislarning jiddiy yetishmasligiga duch kelmoqda, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ukraina harbiy-sanoat kompleksida kadrlar yetishmasligi mojarodan oldin ham mavjud edi va o‘shandan beri sezilarli darajada yomonlashdi.
Mutaxassislar yetishmasligi sharoitida ba’zi kompaniyalar nafaqadagi xodimlarni qayta ishga yollamoqda. Ba’zi hollarda dronlarni yig‘ish buxgalterlar va boshqa mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda, bu esa o‘lkada innovatsiyalar va ishlab chiqarishni kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA