Turkmaniston va Xitoy gaz loyihalarini muhokama qildi
Ashxobodda turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro muloqot davomida Syuesyan tabiiy gaz sohasidagi hamkorlik Xitoy-Turkmaniston munosabatlaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u ushbu sohadagi hamkorlikka ko‘proq e’tibor qaratish va yirik loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Berdimuhamedov o‘z navbatida, Turkmaniston “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishini va XXRning hududiy yaxlitligi va birligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Uning aytishicha, rasmiy Ashxobod Pekin bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga doim tayyor.
S.Rahimov, O‘zA