Turkiyalik investor Navbahorda
Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov turkiyalik investor Kokabash Ayhan bilan uchrashib, tuman hududida zamonaviy turar joy majmuasi qurish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Paxtakor mahallasi hududida zamonaviy, tayyor holdagi bir qavatli ko‘chma turarjoylar qurish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Loyihani zamonaviy arxitektura yechimlari asosida tashkil etish, aholi uchun qulay va shinam yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muzokaralar davomida Navbahor tumanida yangi ishlab chiqarish va qurilish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi tumanda zamonaviy turar joy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri