Tramp: Eronning uran zaxiralari yo‘q qilinadi
DW xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda mavjud boyitilgan uran zaxiralari bilan bog‘liq rejalarini ma’lum qilgan.
Tramp ijtimoiy tarmoq sahifasida ta’kidlashicha, uran zaxiralari AQSH hududiga olib chiqilib yo‘q qilinadi, yoki Eron bilan kelishilgan holda va Xalqaro atom energiyasi agentligi kuzatuvi ostida yo‘q qilinadi. Trampning fikricha, uranni AQSHga olib ketmasdan joyida yo‘q qilish afzalroq variant hisoblanadi.
AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlarning asosiy sabablaridan biri ham Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq, deb ko‘riladi.
AQSH tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 60% gacha boyitilgan uran zaxirasi mavjud bo‘lib, bu fuqarolik energetikasi uchun kerakli darajadan ancha yuqori hisoblanadi.
Nazariy jihatdan bu uran qisqa vaqt ichida 90% gacha boyitilib, yadroviy qurol tayyorlash uchun yaroqli bo‘lishi mumkin.
Eron hukumati esa yadroviy qurol yaratish niyati yo‘qligini va dasturni faqat tinch maqsadlar uchun ekanini ma’lum qilgan.
Hozircha Eron hukumati rasman AQSH yoki boshqa davlatga uran zaxiralarini topshirish bo‘yicha hech qanday kelishuvni tasdiqlamagan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eefsRWQPpt4" title="Tramp: Eronning uran zaxiralari yo`q qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA