AQSH Eronga yangi zarbalar berdi
AQSH Eronga yangi zarbalar berdi, deb xabar berdi Euronews.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar amerikalik harbiy xizmatchilarni Eron kuchlari tahdididan himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan. Ular Eron janubidagi ob’ektlarga zarba bergan, jumladan raketa uchirish qurilmalari joylashgan nuqtalar va minalar qo‘yishga urinayotgan qayiqlar nishonga olingan.
Boshqa tafsilotlar, jumladan tahdidning aniq mazmuni va yangi hujumning muzokaralarga ta’siri haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Zarbalar tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va ehtimoliy kelishuv muhokama qilinayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.
Dushanba kuni Eron rasmiylari Eron va AQSH muzokarachilari bir qator masalalarda kelishuvga erishganini, ammo umumiy bitim hali tayyor emasligini bildirishgan edi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Gq8D_5hMEq8" title="AQSh Eronga yangi zarbalar berdi, deb xabar berdi Yeuronews." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA