Tramp AQŞdagi oraliq saylov natijasini Oq uyda kuzatadi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va maʼmuriyat aʼzolari Oq uyning Şarqiy xonasidan Kongressga oraliq saylov natijasini kuzatib boradi. Bu haqda CNN telekanali manbalarga tayanib xabar bergan.
Maʼlumotga köra, Tramp yordamçilari bilan suhbatda respublikaçi nomzodlarning saylov oldi kampaniyasini qöllab-quvvatlaş böyiça saʼy-harakatini olqişlagan. Şu bilan birga u partiya saylovda salbiy ssenariyga duç kelişi mumkinligini tan olgan. Oq uyning ikki rasmiy vakili ham maʼmuriyat har qanday natijaga tayyorligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, AQŞda 3-noyabr kuni bölib ötgan oraliq saylovda Senatning 35, Vakillar palatasining barça 435 aʼzosi saylanadi. Şuningdek, 36 ştatda gubernatorlik saylovi ötkazilmoqda.
A.Mamatov, ÖzA