Rossiya logistika markaziga dron hujum qildi
Rossiyaning eng yirik bozorlaridan biri hisoblangan “Ozon” kompaniyasining Adigey Respublikasidagi Adigeysk şahrida joylaşgan logistika markazi dron hujumiga uçradi.
Kompaniya maʼmuriyati maʼlum qilişiça, zarba oqibatida omborda yonğin kelib çiqqan. Barça xodimlar vaqtida xavfsiz joyga köçirilgani sababli heç kim jarohat olmagan. Hozir voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari yonğinni öçiriş va fojia oqibatini bartaraf etiş bilan şuğullanmoqda.
Hodisa tufayli omborda saqlangan tovarlar onlayn dökondan vaqtinça olib taşlanadi va xarid imkoniyati bölmaydi. Tuşgan buyurtmaning bir qismi bekor qilinadi, qolganlari boşqa logistika markazlari orqali mijozlarga yetkaziladi.
Yangi mahsulot qabul qiliş töxtatilib, yöldagi yuklar boşqa majmualarga yönaltirilmoqda. Maʼlumki, “Ozon” Rossiyadagi eng yirik elektron tijorat maydonçalaridan biri sifatida bank, tezkor yetkazib beriş va xizmat körsatiş tarmoğiga ham ega.
Ukraina Mudofaa vazirligi mazkur hodisa yuzasidan bayonot berib, “Ozon” logistika markaziga zarba beriş amaliyoti boşlanganini aytdi. Taʼkidlanişiça, “ikki xil maqsadga möljallangan tovarlar” saqlanadigan bunday omborlarga berilayotgan zarba logistika zanjirini izdan çiqaradi va Rossiya iqtisodiyotiga bevosita taʼsir körsatadi.
Avvalroq “Wildberries” bozorining 15 yirik xabi nişonga olingani, endi esa navbat “Ozon” nuqtalariga kelgani taʼkidlangan. Avgust-sentabr oylarida korxonaning Samara, Rostov, Belgorod, Saratov viloyatlaridagi omborlari dron hujumiga uçragan edi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA