To‘y va marosimlarni ixcham o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat universitetida “Maromiylik” loyihasi doirasida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda tegishli davlat tashkilotlari mas’ullari, ijtimoiy soha vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda to‘y va marosimlarni ixcham, tartibli va milliy qadriyatlarga mos ravishda o‘tkazish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
[gallery-29556]
Seminar davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy treninglarda qatnashib, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi.
Ta’kidlanganidek, loyiha jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, isrofgarchilikning oldini olish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan hayot tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA