Toshkentda “O‘zbekiston-Turkiya” biznes forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yil 5-may kuni poytaxtimizda yana bir yirik anjuman bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekiston-Turkiya” biznes forumi ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda uzoq muddatli, barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Tadbir doirasida o‘zaro iqtisodiy hamda investitsiyaviy imkoniyat namoyish qilinadi. Sheriklikning muhim tarmoqlari, ustuvor yo‘nalishlari taqdim etiladi. Shuningdek, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq taklif, tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Ishtirokchilar aloqalarni yanada kengaytirish istiqboli, xususiy sektor va davlat idoralari hamkorligi mexanizmini takomillashtirish, shuningdek qo‘shma loyihalarni amaliy jihatdan rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib chiqadilar.
G.Sattorova, O‘zA