Toshkentda jamoat transporti Qurbon hayitida 04:00 dan harakatlanadi
Qurbon hayiti
2026-yil 27-may, chorshanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 04:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.
Transport vazirligi yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolardan Qurbon hayiti namoziga tashrif buyurishda jamoat transporti xizmatidan foydalanishni so‘radi.
O‘zA