Toshkent viloyatida 240 ming dollarni mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishining, poytaxtda esa qalbaki 8400 dollarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda chet el valyutasini mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.
Xususan, Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida 2005 va 2009-yillarda tug‘ilgan ikki nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida ulardan biri oyoqlarining boldir qismiga skotch yordamida 160 ming, ikkinchisi esa 80 ming AQSH долларини bog‘lab, yashirin tarzda qo‘shni davlatga olib chiqib ketayotganliklari aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Xususan, Qibray tumanida yashovchi 1999 y.t. shaxs Turkiya davlatidan yetkazib berilgan qalbaki 8400 AQSH долларини foyda olish maqsadida Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, shartli xaridorga haqiqiy 3800 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA