Toşkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Fransiya Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Ualid Fuk Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga taşrif buyurdi.
Mehmonni kombinat boşqaruvi raisi Abdulla Xursandov kutib oldi. Uçraşuvda Fransiya va kombinat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş hamda özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Muzokaralardan söng elçi boşçiligidagi delegatsiya “Qalmoqqir” koniga taşrif buyurib, uning iş faoliyati va mavjud salohiyati bilan yaqindan tanişdi.
Taşrif davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşib, özaro aloqalarni yanada rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
***
Toşkent viloyatidagi tibbiyot muassasalarining 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişi, aholiga tibbiy xizmat körsatişda uzluksizlikni taʼminlaş maqsadida zarur tayyorgarlik işlari amalga oşirildi.

Ayni paytda viloyat soğliqni saqlaş tizimidagi jami 266 ta davolaş-profilaktika muassasasining barçasida isitiş tizimlari töliq işga tuşirilgan. Maʼlumotlarga köra, 24 ta muassasa markazlaşgan issiqlik tizimi, 219 tasi gazda işlaydigan mahalliy qozonxonalar, 39 tasi esa kömir yoqilğisida işlaydigan qozonlar orqali isitilmoqda. Mavsumga puxta tayyorgarlik köriş doirasida 10 ta tibbiyot muassasasida taʼmirlaş işlari bajarildi. Şundan 4 tasida mukammal, 6 tasida joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Şuningdek, 7 ta hududdagi tibbiyot muassasalariga 16 ta yangi isitiş qozoni örnatildi. Qiş mavsumi uçun 1 ming 876 tonna kömir zaxirasi jamğarildi.
Elektr taʼminotida uzilişlar yuzaga kelişi ehtimolini inobatga olgan holda, tibbiyot muassasalarida mavjud 157 ta, umumiy quvvati 6 ming 280 kilovatt bölgan generatorlarning barçasi işçi holatga keltirildi. Favqulodda vaziyatlarda muassasalar faoliyati uzluksizligini taʼminlaş uçun dizel yoqilğisi va benzin zaxirasi ham yaratildi.
***
Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajribalarni örganiş va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Bu borada xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlaş alohida ahamiyat kasb etadi.

Şu maqsadda Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Karabyuk universiteti delegatsiyasi Bekobod şahrida böldi. Taşrif doirasida taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş, özaro tajriba almaşiş va yangi taʼlim imkoniyatlarini yaratiş masalalariga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.
Unda şahar taʼlim bölimi, 19 ta umumtaʼlim maktabi va 1-son texnikum vakillari iştirok etdi. Muloqot davomida öquvçi va pedagoglar almaşinuvini taşkil etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş, Erasmus+ dasturlarida iştirok etiş, ilğor tajribalarni örganiş hamda yoşlarning Turkiyada taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Bekobod şahar 1-son texnikumi, şahar taʼlim bölimi hamda 16- va 17-umumtaʼlim maktablari bilan xalqaro hamkorlik böyiça özaro anglaşuv memorandumlari imzolandi.
A.Musayev,ÖzA