Toshkent davlat stomatologiya instituti Qozogʻistonning yetakchi universitetlari bilan memorandum imzoladi
Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili doirasida Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan Qozogʻistondagi yetakchi universitetlari oʻrtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, M.Ospanov nomidagi Gʻarbiy Qozogʻiston davlat universiteti bilan talabalar va oʻqituvchilarning akademik harakatchanlik dasturlarini tashkil etish toʻgʻrisida hamda Semey Tibbiyot universitetining NAO bilan yosh mutaxassislar va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida malaka oshirishlari toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti bazasida Sogʻliqni saqlash oliy maktabining Qozoq tibbiyot universiteti filiali tashkil etilgan.
Imzolangan memorandum doirasida magistratura mutaxassisliklari ikki darajali “Jamoat salomatligi“ dasturi boʻyicha tashkil etiladi. Bitiruvchilar ikki diplomga ega boʻladi. Bu menejment boʻyicha xalqaro diplom beradigan Oʻzbekiston Respublikasidagi yagona dastur sanaladi.
Qozogʻiston universitetlari bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash mamlakatlarimiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasini yangi bosqichga koʻtarish imkonini beradi.
M.Qosimova, OʻzAmToshkent davlat stomatologiya instituti Qozogʻistonning yetakchi universitetlari bilan memorandum imzoladi