Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasi – shahar ichidagi shahar
Asrlar davomida ilm, hunarmandchilik va madaniyat markazi bo‘lib kelgan Marg‘ilonda buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan atalgan muhtasham majmua barpo etildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi qarori asosida amalga oshirilib, qisqa fursatda o‘zining salobati va mazmun-mohiyati bilan e’tiborni tortmoqda. Yangi Marg‘ilon dahasida qad rostlagan majmua nafaqat tarixiy xotirani tiklash, balki zamonaviy turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamdir.
Majmua milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etgan holda, go‘yo qadim shahar ichida yana bir kichik shaharchani eslatadi. Loyihaning bosh rejasi Turkiyaning Studio Vertebra kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 1,7 trillion so‘mni tashkil etadi.
Majmuaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniyning boy ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishdir. Shu bilan birga, hududda qadimiy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, ziyorat turizmini rivojlantirish va mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Ikki bosqichda amalga oshirilayotgan ushbu yirik loyiha yakuniga yetgach, u Farg‘ona vodiysining haqiqiy “tashrif qog‘ozi”ga aylanishi kutilmoqda. Bu esa nafaqat Farg‘ona viloyati, balki butun mamlakat turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uDrwWrRtgB0?si=yMgBiZHapFCJXJ3D" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA