To‘raqo‘rg‘onda chigit ekish mavsumi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Zumrad Ibrat” fermer xo‘jaligi dala maydonida chigit ekish mavsumi bilan bog‘liq viloyat ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida jamoatchilik vakillari, soha faxriylari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligiga daxldor tashkilotlar rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Joriy mavsumda viloyat bo‘yicha 48 ming 800 gektar maydonga chigit ekilib, har gektaridan o‘rtacha 52,2 sentnerdan, jami 254 ming 500 tonna paxta xomashyosi yetishtirish maqsad qilingan.
[gallery-28375]
Seminarda chigit ekiladigan maydonlarni ekishga tayyorlash, ekish ishlarini tez va sifatli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rildi. Mutaxassislar tomonidan, ayniqsa, plyonka ostiga qo‘shqator usulda urug‘ qadab, tomchilatib sug‘orish tarmog‘ini ham tortib borishning tartib-taomillari, afzalliklari atroflicha tushuntirib berildi.
Tadbirda yerni tayyorlashdan tortib, o‘z vaqtida chigit ekish, urug‘ sifati, undirib olingan nihollarga ishlov berish, o‘simliklarni kasalliklarga qarshi dorilash, bunda zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA