Tilga ehtirom — millatga ehtirom
Til — millatning o‘zligi, tarixi va ma’naviy dunyosini aks ettiruvchi bebaho boylik.
Ona tili xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, qadriyatlari va boy madaniy merosini avloddan-avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois ona tilini asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va nufuzini yuksaltirish har birimizning muqaddas burchimiz.
Adiblar xiyobonida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyat timsoli" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va ahamiyatini keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat.
[gallery-32041]
Tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va talabalar tomonidan o‘zbek tilining go‘zalligi va jozibasi, ona tiliga muhabbat hamda milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida ona tiliga ehtiromni kuchaytirish, milliy o‘zlikni anglash va o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
Oybek Pardayev (surat),
O‘zA