TIIF Open tennis turniridan fotoreportaj
Joriy yilning 16–18-iyun kunlari poytaxtimizda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Yubiley maqomidagi mazkur nufuzli tadbir O‘zbekistonning investitsiyaviy va sanoat salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Forumda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari, yirik transmilliy kompaniyalar hamda investitsiya fondlari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 4 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.
[gallery-29950]
Forum doirasida “Olimpiya shaharchasi” kortlarida TIIF Open tennis turniri o‘tkazildi. Shuningdek, 16-iyun kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Silk Road Night Run ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etiladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA