“The Drive of Peace” xalqaro elektromobil ekspeditsiyasi G‘ijduvonda
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston hududi bo‘ylab harakatlana boshlagan “The Drive of Peace” xalqaro elektromobil ekspeditsiyasi ishtirokchilari Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurdi.
Elektr va gibrid avtomobillarda amalga oshirilayotgan mazkur xalqaro sayohatning asosiy maqsadi Buyuk ipak yo‘li merosini zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida qayta kashf etish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etishdan iborat.
[gallery-30295]
Ekspeditsiya ishtirokchilari G‘ijduvonga tashrifi davomida hududning qadimiy tarixi, milliy hunarmandchilik an’analari va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, G‘ijduvon kulolchilik maktabi, uning asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos uslubi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
“The Drive of Peace” loyihasi ekologik toza transport vositalari orqali sayohat qilish bilan birga tinchlik, madaniy muloqot va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan muhim tashabbusdir. U yurtimizning tarixiy qadamjolari, milliy qadriyatlari va turizm imkoniyatlarini xalqaro miqyosda keng namoyon etishga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA