Texnikalarni yaxşi saqlaş uning mavsumda jadal işlaşini taʼminlaydi
“Özagroinspeksiya”ning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan joriy yilgi terim mavsumida qatnaşgan paxta teriş maşinalarini davlat standartlari asosida konservatsiya qiliş va qişki saqlovga oliş işlari tizimli nazoratga olingan.
Xususan, viloyat böyiça mavsumda iştirok etgan jami 290 dona paxta teriş maşinasidan 152 tasi (52 foizi) töliq konservatsiya qilinib, belgilangan tartibda saqlovga qöyildi. Ayni paytda qolgan 138 dona texnikani maxsus tavsiyalar asosida saqlovga tayyorlaş işlari qizğin olib borilmoqda.
Hududlar kesimida olib qaralganda, toğoldi va markaziy tumanlarda mavjud texnikalarni konservatsiya qiliş işlari yuqori surʼatda ketmoqda. Paxta maydonlari keng va texnika parki hajmi eng katta bölgan çöl hududi tumanlarida esa köp sonli terim maşinalarini bosqiçma-bosqiç tozalaş, moylaş va saqlovga qöyiş tadbirlari uyuşqoqlik bilan taşkil etilmoqda.

Jarayon davomida inspeksiya mutaxassislari tomonidan fermer xöjaliklari va klasterlarga GOST 7751 – 85 talablari hamda amaliy tavsiyalar asosida zarur körsatmalar berilmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, GOST 7751 – 85 (“Qişloq xöjaligida foydalaniladigan texnika. Saqlaş qoidalari”) – traktorlar, avtomobillar, qişloq xöjaligi maşinalari va ularning tarkibiy qismlarini saqlaş tartibi hamda talablarini belgilovçi davlat standartidir.

Uşbu standartga muvofiq, maşinalar paxta qoldiqlari va kirlardan puxta tozalanib, yuvilib, töliq quritilmoqda hamda oçiq metall yuzalar korroziyaga qarşi maxsus vositalar bilan moylanmoqda. Şuningdek, tez yemiriladigan rezina detallar, tasmalar va akkumulyatorlar yeçib olinib, quruq omborlarga joylaştirilmoqda, kombaynlar esa yopiq angar yoki bostirmalar ostiga olinib, şinalar bosimini kamaytiriş uçun maxsus tagliklarga kötarib qöyilmoqda.

Qişloq xöjaligi texnikalarini mavsumdan keyin konservatsiya qiliş ularni kuz-qiş oylaridagi yoğingarçilik, namlik, keskin harorat özgarişi hamda quyoş nurlarining salbiy taʼsiridan himoya qiladi. Agar texnika öz vaqtida tozalanib, moylanmasa, metall qismlarda zanglaş (korroziya) jarayoni boşlanadi, rezina va plastik detallar esa yorilib, yaroqsiz holga keladi. Bu esa kelgusi yilgi terim mavsumi oldidan ehtiyot qismlar va taʼmirlaş uçun ortiqça mablağ hamda vaqt sarflanişiga olib keladi.

– Zamonaviy paxta teriş maşinalari işlaş funksiyasi jihatidan yuqori texnologik, yarim avtomatlaşgan murakkab agregatlar sanaladi, – deydi “Özagroinspeksiya”ning viloyat boşqarmasi Texnika holatini nazorat qiliş şuʼbasi boşliği Alişer Açilov. – Bugungi kunda dalalarimizda keng qöllanilayotgan FMWORLD 4MZ-4 hamda Boshiran (4MZ-4A/4C) kabi paxta teriş kombaynlari murakkab elektron va gidravlik tizimli texnikalar bölib, aksariyat hollarda lizing asosida xarid qilinadi. Ularni mavsumdan söng qoida va standartlarga muvofiq töğri konservatsiya qilib saqlaş uşbu texnikalarning uzoq yillar davomida uzluksiz va samarali xizmat körsatişining eng asosiy omilidir.
Texnikalarning öz vaqtida va sifatli konservatsiya qilinişi ularning işonçliligini saqlab qoliş barobarida, hudud qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişiga xizmat qiladi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri