Qişloq xöjaligida lizing va suğurta: moliyaviy imkoniyatlar va işlab çiqariş xavfsizligi
Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida "Qişloq xöjaligi texnikasi xarid qilişda lizing va qişloq xöjaligida suğurta" mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Germaniya taraqqiyot banki (KfW) va “Biznes va finans konsalting” (BFC) GmbH moliyaviy kömagida taşkil etilgan mazkur tadbirda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari, “Özagrolizing” AJ, Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasi, suğurta kompaniyalari, agrar soha vakillari, Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-öqituvçilari, viloyatdagi qator fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari, kiçik va örta biznes subʼektlari rahbarlari, şuningdek, qişloq xöjaligida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan va öz biznesini yölga qöyiş istagida bölgan xotin-qizlar iştirok etdi.


Davra suhbatida söz olgan Andijon viloyati hokimining örinbosari, Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Nigoraxon Yunusova, Özbekiston “Agrar soha ayollari” uyuşmasi raisi Adiba Ahmadjonova tomonidan qişloq xöjaligida işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, fermer va dehqon xöjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi, şu bilan birga, qişloq xöjaligi texnikasini lizing asosida xarid qiliş, ekinlar, hosil va çorva mollarini suğurtalaş orqali işlab çiqariş xatarlarini kamaytiriş muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
– Tadbirdan közlangan asosiy maqsad, fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari, agrar soha vakillari va tadbirkorlarning lizing va suğurta xizmatlari haqidagi xabardorligini oşiriş, – deydi Özbekiston “Agrar soha ayollari” uyuşmasi raisi Adiba Ahmadjonova. – Şuningdek, ularga mavjud moliyaviy imkoniyatlar va xizmatlardan foydalaniş mexanizmlari böyiça keng maʼlumotlar beriş, zamonaviy texnikalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va işlab çiqariş xatarlarini kamaytirişga kömaklaşişdan iborat.


Davra suhbatida “Özagrolizing” AJ Andijon filiali direktor örinbosari Xayrullo Ubaydullayevning “Qişloq xöjaligi texnikasini lizing asosida xarid qiliş: şartlar, tartib va moliyalaştiriş imkoniyatlari”, filiali mutaxassisi Otabek Böriyevning “Lizing şartnomalarida fermerlarning huquq va majburiyatlari. Lizingga olingan texnikani suğurtalaş talablari”, Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti öqituvçisi Ikromjon Abdumutalipovning “Bugungi kunda foydalanilayotgan qişloq xöjaligi texnikalari va ularning samaradorligi” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.
Oçiq muloqot, savol-javoblar jarayonida iştirokçilarning lizing va suğurta xizmatlaridan foydalanişda duç kelayotgan muammolari, ularni bartaraf etiş yöllari, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda fermer xöjaliklari bilan tegişli taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uşbu tadbir fermer va dehqon xöjaliklari vakillari, agrar soha tadbirkorlariga lizing va suğurta xizmatlarining mavjud imkoniyatlari, ulardan foydalaniş şartlari va mexanizmlari haqida keng maʼlumotlar oliş imkonini beriş bilan birga, moliyaviy xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan töğridan-töğri muloqot örnatiş hamda amaliy tajribalar örganişga yöl oçib berdi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri