Terma jamoamizning pley-offga chiqish taqdiri hal bo'ladigan kunlar: Bizga kimlarning yordami kerak?
Bizni keyingi bosqichga yaqinlashtiradigan ehtimoliy natijalar bilan tanishing:
Milliy terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini yakshanba tongida Kongo DRga qarshi o'tkazadi. Ammo biz uchun xuddi shu o'yindek muhim bo'lgan bahslar, ya'ni guruh bosqichining 3-turi bugundanoq start oladi. Xo'sh, bu o'yinlar biz uchun nega muhim?
Aynan mana shu uchrashuvlarda qayd etiladigan natijalar yakshanba kungi bahs oldidan pley-offga chiqish imkoniyatimiz saqlanib qolishi yoki qolmasligini aniqlab beradi. Bizni keyingi bosqichga yaqinlashtiradigan ehtimoliy natijalar bilan tanishing:
"A" guruhida: Meksika Chexiyaga, Janubiy Koreya esa Janubiy Afrika Respublikasiga yutqazmasligi;
"B" guruhida: Germaniya Ekvadorga, Kot-dʻIvuar esa Kyurasaoga imkoniyatni boy bermasligi;
"C" guruhida: Ispaniya terma jamoasi Urugvay ustidan g'alaba qozonishi;
"E" guruhida: Bosniya va Gersegovina hamda Qatar uchrashuvida durang qayd etilishi;
"F" guruhida: Misr Eronni mag'lub etishi;
"I" guruhida: Senegal va Iroq jamoalari durang o'ynashi.
Agar mana shu 6 ta holatdan hech bo'lmaganda 4 tasi amalga oshsa, so'nggi turda Kongo DR ustidan qozoniladigan g'alaba O'zbekiston terma jamoasini 1/16 finalga olib chiqishi mumkin.