Angliya terma jamoasi duranglar bo'yicha Jahon chempionatlari rekordini o'rnatdi
Gap shundaki, mazkur uchrashuv Angliya terma jamoasining Jahon chempionatlari doirasida o'ynagan 23-durang o'yini bo'ldi.
Angliya terma jamoasi ayni kunlarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Gana bilan durang o'ynadi. Bu natija orqali inglizlar Jahon chempionatlari tarixida yangi rekordni qayd etishdi.
Gap shundaki, mazkur uchrashuv Angliya terma jamoasining Jahon chempionatlari doirasida o'ynagan 23-durang o'yini bo'ldi. Musobaqa tarixida hali hech bir jamoa bu darajada ko'p durang qayd etmagan.
Boy an'analarga ega bo'lishiga qaramay, Angliya terma jamoasi o'z tarixida faqat bir marta eng nufuzli futbol forumida g'olib chiqqan. Ushbu muvaffaqiyat 1966-yilgi Jahon chempionatiga to'g'ri kelgan bo'lib, o'shanda inglizlar finalning qo'shimcha bo'limlarida nemislarni 4:2 hisobida mag'lub etishgan edi.