Tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarida tadbirkorlar erkinligi kafolatlari ta’minlanadi
Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament rahbari D.Qodirov rahbarligida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, sohada prokuror nazoratini ta’minlash, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari mobaynida ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Administratsiyaning mas’ul xodimi, Bosh prokuror o‘rinbosarlari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining, Majburiy ijro byurosi direktorining va Ichki ishlar vazirining sohaviy o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma boshliqlari, Harbiy va Transport, viloyat va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar boshqarmasi va bo‘limi boshliqlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik borasida mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari davomida tadbirkorlik sub’ektlarining erkinligi kafolatlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish borasida ko‘rsatma ishlab chiqish belgilandi.
N.Abduraimova, O‘zA