Tennischilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan J60 tasnifiga kiruvchi “Cholpon-Ata Open” turnirida tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Turnirning ikkinchi davrasida Mahmudbek Beknazarov neytral tennischi Petr Bocharovni 2:6, 6:1, 6:2, Alan Zinatulin turkiyalik Berke Muammer Okumusni 4:1, Abdurahmon Karimov neytral sportchi Georgiy Proninni 6:2, 6:4, Nikita G‘afurov hindistonlik Nitinbaratni 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi musobaqaning chorak finalida Mahmudbek Beknazarov – Felor Yevdokimov (neytral tennischi), Alan Zinatulin – Kamal Faxretdinov (neytral tennischi), Abdurahmon Karimov – David Mogliyevskiy (Isroil), Nikita G‘afurov – Timur Gordeyev (neytral tennischi) to‘qnashuvlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA