Tehron harbiy tahdidlarga geografik çeklovlarsiz javob qaytarişini maʼlum qildi
Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQŞning ehtimoliy harbiy zarbasiga javob butun mintaqadagina emas, balki undan taşqari hududlarda ham berilişi mumkinligini bildirdi. U har qanday tahdidga “tezkor va geografik çeklovlarsiz” javob qaytarilişini taʼkidladi. Bu bayonot Vaşington va Tehron örtasida yangi harbiy töqnaşuvning oldini olişga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlar davom etayotgan bir paytda yangradi.
Eron harbiy qömondonligi mamlakatning mudofaa salohiyatini oşiriş va ehtimoliy nişonlar röyxatini yangilaş böyiça Xomanaiyga maʼlumot bergan. Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi esa AQŞ bilan vositaçilar orqali olib borilayotgan muzokaralarda ijobiy siljişlar borligini qayd etdi.
Uning aytişiça, Hurmuz böğozini oçiş masalasi ham muhokama qilinmoqda. Qatar vositaçiligidagi muloqotlar davomida Vaşingtonning kengroq muzokaralarga intilişi Tehron tomonidan ijobiy qadam sifatida baholangan.
Ayni vaziyatda Fors körfazi davlatlari yangi harbiy töqnaşuv ehtimoliga tayyorgarlik körmoqda. BAA yetakçisi maslahatçisi Anvar Gargaş mintaqadagi davlatlar “eng yomon ssenariyga hozirlik körayotgani”ni tilga olib, AQŞ va Eron örtasidagi kelişmovçiliklar bartaraf etilmasa, oqibatlar jiddiy bölişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Qatar esa özining suyultirilgan gaz taşuvçi kemasiga qilingan hujumni qoralab, bu kabi hodisalar dengiz qatnovi va global energetika xavfsizligiga tahdid solişini urğuladi.
Musulmon Ziyo, ÖzA