Xitoyning uç eng yirik aviakompaniyasi zarar kördi
Xitoyning yetakçi aviataşuvçilari “Air China, "China Eastern Airlines” va “China Southern Airlines” joriy yilni moliyaviy yöqotiş bilan yakunlamoqda.
Odatda eng köp foyda keltiradigan yozgi mavsumda yonilği xarajati keskin ortişi, içki bozordagi arzon tarif va tayfunlar sabab yuzaga kelgan uziliş uşbu kompaniyalarning moliyaviy ahvoliga jiddiy zarba berdi. Tahlilçilar hisobiga köra, “Air China” va “China Eastern” pandemiyadan beri ketma-ket yettinçi yilni ham kamomad bilan yopyapti. Qisqa muddat foydaga çiqqan “China Southern Airlines” ham yana zarar girdobiga tuşdi.
Uçinçi çorak moliyaviy körsatkiçiga köra, sof foyda “Air China”da 92,6 foiz, “China Eastern”da 98,2 foiz kamaygan. “China Southern” esa ötgan yilgi foyda örniga 609 million yuan ziyon kördi.
Natijada ötgan yil foyda bilan işlagan har uçala korxona joriy yilning dastlabki töqqiz oyini manfiy körsatkiç bilan yakunladi. Bunga asosiy sabab sifatida fevral oxirida AQŞ va Isroil Eronga qarşi harbiy harakat boşlangandan beri aviatsiya yonilğisi narxi ikki barobardan köproq kötarilgani körsatilyapti. Zero, Xitoy aviakompaniyalari yonilği narxi tebranişidan yetarli darajada suğurtalanmagani tufayli qimmatçilikka bardoş berolmadi.
Qolaversa, içki bozordagi şiddatli raqobat, tez yurar poyezdlar ommalaşuvi ham çipta narxini tuşirib yubordi va kompaniyalar yonilğining yuqori sarfini qoplay olmadi. Mutaxassislar fikriça, oldinda turgan törtinçi çorak aviatsiya sohasi uçun mavsumiy sust davr bölgani bois, zarar miqdori yanada ortişi mumkin. Xarajatni kamaytiriş uçun parvoz soatini köpaytirişga harakat qilinayotgan bölsa-da, yonilği qimmatligi va talab pastligi korxonalarni oğir ahvolga solgan. Bu holat aksiya yil boşidan buyon 38-46 foiz qadrsizlanişiga olib keldi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA