Tarix sirlari muhrlangan arxivlar va ilk suxandon xotirlandi
Özbekiston televideniyesi taşkil topgan ilk davrlardan boşlab bugungi kungaça bölgan maşaqqatli va şarafli yöl köplab zahmatkaş insonlarning fidokorona mehnatlari evaziga bunyod bölgan. Vaqt ötişi bilan öşa oq-qora tasvirlar, ilk texnik qurilmalar va kadr ortidagi hayajonli lahzalar bugungi kunda bebaho tarixiy merosga, jumladan, arxiv hujjatlariga aylandi.
Poytaxtimizda «Özarxiv» agentligi, Özbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator hamkor taşkilotlar tomonidan taşkil etilgan “Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” nomli arxiv hujjatlari fotokörgazmasi tomoşabinlarni ötmişning eng yorqin sahifalariga sayohat qildirdi.
Uşbu tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitgan va unga alohida fayz bağişlagan voqea esa mamlakatimiz televideniyesi tarixidagi birinçi erkak diktor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali suxandon Öktam Jobirov hayoti va ijodiy merosiga bağişlangan “Otamdan uluğim” kitobining keng jamoatçilikka taqdim etilişi böldi.

Tadbirda qayd etilganidek, 1956-yil 6-noyabr kuni Özbekistonda ilk bor televideniye orqali birinçi körsatuv efirga uzatilgan edi. Şundan buyon bunday körsatuvlarni tayyorlaşda minglab ijodkorlarimiz, televideniye va radio jurnalistlari öz mahoratlarini körsatib keldi.
Mazkur arxiv hujjatlari fotokörgazmasida Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi 1930-2012-yillarga oid Özbekiston televideniyesi tarixi, televideniye va radioning birinçi suxandonlari, rejissyor va operatorlari, taniqli va xalq suygan boşlovçi va suxandonlari faoliyatini aks ettiruvçi fotosuratlari namoyiş etildi.

Xususan, namoyiş etilgan 100 ga yaqin fotohujjatlar orasida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Öktam Jobirov hayoti va ijodini yorituvçi fotosuratlar körgazmaning ujodiy kulminatsiyasiga aylandi. Uşbu fotosuratlar Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi, şoir, Özbekiston televideniyesi suxandoni Muslimbek Yöldoşevning “Otamdan uluğim” nomli mualliflik kitobiga kiritilgan. Körgazma davomida mazkur kitobning taqdimoti ötkazilib, har bir fotosuratga alohida izohlar berildi.
Tadbirda arxivda saqlanayotgan bu fotosuratlarning sifati va saqlanişi eʼtirof etilib, bu kabi fotosuratlar Özbekistonning noyob fotofondi ekanini taʼkidlandi.

Şuningdek, körgazmada Özbekiston televideniyesining rivojlanişi haqidagi maʼlumotlar, arxiv hujjatlari, fotomateriallar namoyiş etildi. Jumladan, televideniye tahririyatlarining ijodiy uçraşuvlari, intervyu va suhbatlar, teleradio studiyalarining iş jarayonlari, teledastur va eşittirişlar tayyorlaş, materiallar ustida işlaş, tasvirga oliş va yoziş jarayonlari, OAV xodimlari uçun taşkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari, turli mavzularga bağişlangan matbuot anjumanlari aks etgan.

Ötkazilgan uşbu qöşaloq tadbir şunçaki xotira keçasi emas, balki milliy maʼnaviyatimiz va media tariximizga bölgan yuksak ehtirom namunasidir. “Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” fotokörgazmasida jonlangan ötmiş lavhalari hamda mahoratli suxandon Öktam Jobirov xotirasiga bağişlangan “Otamdan uluğim” kitobi bizga bir haqiqatni anglatadi: bugungi şiddatli axborot asrida, milliy jurnalistika va diktorlik maktabi rivojlanib borayotgan bir davrda ustozlar qoldirgan boy meros, ularning kasbga bölgan fidoyiligi va sof özbek adabiy tili madaniyatini saqlaş yölidagi mehnatlari yoş avlod uçun haqiqiy mahorat maktabi bölib xizmat qiladi.
Arxiv sahifalarida muhrlangan har bir hujjat va ustoz suxandonlarning jarangdor ovozlari milliy televideniyemizning oltin fondida va xalqimiz qalbida mangu yaşaydi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA