Istiqbolli loyihalar muhokama etildi
Sirdaryo viloyat hokimligida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirovning Xitoy va Germaniya kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlari bölib ötdi. Unda Sirdaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, sanoat va turizm salohiyatini rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda yoşlarning xalqaro mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan istiqbolli loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvlarda xorijiy kompaniyalar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va taklif etilgan taşabbuslarni amaliy bosqiçga olib çiqiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, Xitoy kompaniyalari vakillari bilan Sirdaryo tumanida umumiy qiymati 90 million AQŞ dollari bölgan, 75 gektar maydonni egallaydigan «Amir Temurning harbiy sanʼati» etnohududi va sohilböyi turistik şaharçasini barpo etiş loyihasi körib çiqildi. Şuningdek, «Ikki mamlakat — ikki sanoat parki» hamda «Xitoy — ŞHT yaşil sanoat namunali parki» loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Mazkur taşabbuslar viloyatning turistik jozibadorligini oşiriş, sanoat infratuzilmasini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va yangi iş örinlari yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Germaniyaning DB Engineering & Consulting kompaniyasi vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda yoşlarni kasbga tayyorlaş va ularning bandligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, sirdaryolik yoşlarni temir yöl sohasiga oid mutaxassisliklar böyiça öqitiş, nemis tiliga örgatiş, şuningdek, dual taʼlim dasturlari asosida Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarida mehnat faoliyatini boşlaşlari uçun şaroit yaratiş yuzasidan takliflar bildirildi.

Bunday hamkorlik yoşlarni zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni puxta egallagan, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislar etib tayyorlaş, şuningdek, ularning bandlik imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uçraşuvlar yakunida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, muhokama qilingan loyihalarni amaliy bosqiçga olib çiqiş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça keyingi vazifalar belgilab olindi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri