“Talabalar ligasi”da kuchlilar saralandi
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari joylarda chinakam salomatlik bayrami ko‘rinishini olmoqda.
Termizda milliy sportimiz kurash bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Bu yoshlarga chinakam sport bayramini tuhfa etdi.

Mamlakatimizning 14 ta hududidan 250 nafardan ziyod talaba-sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borgan murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Termiz davlat universiteti jamoasi umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.
“Talabalar ligasi” musobaqasida eng ko‘p medal - 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza jamg‘argan Qoraqalpog‘iston davlat universiteti ikkinchi, 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda 2 ta oltin va 1 ta bronza medalga egalik qilgan Navoiy davlat universiteti jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA