“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni sportga yanada kengroq jalb etish, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy, umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 400 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.


Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Chilonzor tumanidan “Burgutlar” jamoasiga, 2-o‘rin Uchtepa tumanidan “Vatanparvarlar” jamoasiga hamda 3-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumanidan “Lochinlar” jamoasiga nasib etdi.
Shu tariqa, “Burgutlar” jamoasi Toshkent shahar nomidan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.


G.Boboyeva, O‘zA