Talaba-yoşlar uçun startap va amaliyot imkoniyatlari kengayadi
Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev bilan talaba-yoşlarning oçiq muloqoti bölib ötdi. Poytaxtimizda taşkil etilgan uşbu uçraşuvda yoşlarning bilim olişi, öz iqtidorini namoyiş etişi va zamonaviy kasblarni egallaşi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, şuningdek, ularni qiynayotgan muammolar va yangi taşabbuslar atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, muloqotda agentlik tizimidagi yoşlar tadbirkorligi va startap yönalişlari masʼullari ham iştirok etdi. Yoşlarning startap loyihalari, taklif va taşabbuslari körib çiqildi. Talabalarga öz ğoyalarini rivojlantiriş, amaliyot dasturlarida qatnaşiş va loyihalarni amaliy bosqiçga olib çiqiş böyiça tavsiyalar berildi.
Qayd etilganidek, agentlik tizimidagi taşkilotlarda amaliyot ötaş, yoşlar loyihalarini hamkorlikda amalga oşiriş, Yoşlar Vençur fondi mentor va mutaxassislaridan kömak oliş imkoniyatlari yaratiladi. Faol talabalarni Agentlik tizimidagi böş iş örinlariga jalb etiş masalalari ham muhokama qilindi.

Şuningdek, tadbirda faol talabalarni agentlik tizimidagi böş iş örinlariga jalb etiş masalalari ham muhokama qilindi. Sarbon universiteti qoşida Startap markazini taşkil etiş, robototexnika klubi aʼzolariga Robototexnika assotsiatsiyasi infratuzilmasi va texnik imkoniyatlaridan foydalaniş uçun şaroit yaratiş ham rejalaştirildi.

Mazkur kelişuvlar talabalarning ğoyalarini loyihalarga aylantiriş va ularning startap va tadbirkorlik könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
Uçraşuv yakunida Sarbon universiteti va Yoşlar Vençur fondi hamkorligida startap inkubatsiya dasturini yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA