Innovatsion ğoyalar sanoatni rivojlantirişga xizmat qiladi
Samarqand tumanidagi “RegStone” korxonasida yoş startapçilar uçun “StartupFest Catalys” dasturi ötkazildi.
Davlatimiz rahbarining şu yil 11-fevralda qabul qilingan “Startaplarni qöllab-quvvatlaşning kompleks ekotizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida “RegStone” korxonasi bilan hamkorlikda “StartupFest Catalys” loyihasi ötkazildi.
Uşbu loyiha yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va ularning innovatsion ğoyalarini yirik sanoat korxonalari bilan integratsiya qilişga qaratilgan bölib, unda yoş startapçilarga sanoat sohasidagi ğoyalarini real biznes yeçimlariga aylantiriş hamda bevosita yirik işlab çiqariş maydonlarida tajriba orttiriş imkoniyati yaratiladi.
– “StartupFest Catalys” dasturining asosiy maqsadi yoş startapçilarni şunçaki kuzatuvçi emas, balki korxonadagi real muammolarga yeçim topuvçi faol iştirokçiga aylantirişga qaratilgan, – deydi yoşlar işlari agentligi huzuridagi “StartupFest” loyihasi rahbari Munisa Murodova. – Dastur doirasida iştirokçilar eng yirik korxonalarga kiriş, mentorlar va korxona xodimlaridan bevosita tajriba örganiş hamda öz loyihalarini zavod rahbariyatiga taqdim etib, investitsiya jalb qiliş imkoniyatiga ega böladi. Şu paytga qadar mazkur dastur doirasida önga yaqin korxonada loyihalarimizni amalga oşirib, yoşlar tomonidan 410 ming AQŞ dollari investitsiya kiritildi. Bugun Samarqandda ötkazilayotgan tadbirga mingdan ortiq talabgorlar içidan eng ilğor 35 nafar yoş startapçini jalb qilganmiz. Toşkent şahri, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari vakillari bölgan bu yoşlar tomonidan berilgan innovatsion ğoyalar, takliflar mezbon “RegStone” korxonasining kelgusidagi faoliyati samaradorligiga xizmat qiladi, deb öylayman.
Tadbir doirasida iştirokçilar “RegStone” korxonasining işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi. Korxona masʼullari yoş startapçilarga işlab çiqariş imkoniyatlari samaradorligini oşiriş yönalişlari böyiça batafsil maʼlumot berdi.
Şundan söng qatnaşçilar jamoalarga bölingan holda “RegStone” korxonasidagi mavjud muammolarga yeçim topiş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş böyiça startaplar ustida işlab, tayyorlagan innovatsion loyihalarini korxona rahbariyati hamda ekspertlarga taqdim etdi.
[gallery-32337]
– Har bir korxonaning istiqbolini malakali işçi-xodimlar taʼminlaydi, – deydi loyiha iştirokçisi, Samarqand şahridagi School 21 raqamli texnologiyalar maktabi öquvçisi Jasur Şukurov. – Şu asosda “RegStone” korxonasi masʼullari ham işçilarni qabul qilişda maxsus platforma taşkil etiş ğoyasini taklif qildi. Loyihaga maxsus dastur asosida talabgorning işga qobiliyati, malakasini baholaş mezonlari kiritilsa, korxona eng munosib nomzodni işga jalb qiliş orqali işlab çiqariş samaradorligini oşiriş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, dasturga işçilarning davomati, iş samaradorligini belgilaş böyiça ham qöşimça imkoniyatlar qöşiş imkoniyatlarini körib çiqiş taʼkidlandi. Biz jamoamiz bilan uşbu loyiha böyiça öz takliflarimizni bildirdik. Masʼullar ham takliflarimizga qiziqiş bildirişdi. Hammasi loyihaning innovatsion yeçimlariga boğliq. Jamoamiz bilan uşbu loyihani samarali amalga oşirsak, korxona faoliyatini samarali taşkil etişga öz hissamizni qöşamiz.
Startap jamoalarining “RegStone” korxonasi muammolari yeçimlari böyiça takliflari soha mutaxassislari va ekspertlar tomonidan batafsil körib çiqildi. Istiqbolli loyihalar eʼtirof etilib, ularni takomillaştiriş böyiça fikrlar bildirildi.
– Korxonamiz quriliş sohasida zamonaviy va tejamkor yeçimlarni taklif etuvçi yirik işlab çiqaruvçilardan biri hisoblanadi, – deydi “RegStone” korxonasi sotuv bölimi boşliği Mahmud Abduvoitov. – Yilliga 500 ming kub metr gazobeton bloklar işlab çiqariş quvvatiga ega. Ayni paytda 160 nafar işçi-xodim mehnat qilmoqda. Faoliyatni kengaytiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş borasidagi innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etiş korxona istiqbolini belgilaydi. Şu maqsadda bugun “StartupFest Catalys” dasturi iştirokçilarini korxonamizga taklif etdik. Ular bilan birgalikda ayni paytda qöl mehnati bilan amalga oşirilayotgan iş jarayonlarini avtomatlaştiriş orqali samaradorlikni oşiriş, yangi işçilarni qabul qilişda qulay axborotlaştirilgan tizimlarni yaratiş böyiça startaplarni körib çiqdik. Jamoalar takliflari içida iş unumdorligiga xizmat qiladigan zamonaviy işlanmalar bildirildi. Ularni kelgusida amaliyotga tatbiq etiş borasida fikrlaşib oldik.
Tadbir yakunida eng taşabbuskor startapçilar taşkilotçilar tomonidan taqdirlandi.
Ğolib Hasanov, Alişer Isroilov (surat), ÖzA muxbiri