Talaba-sportchilarimiz Xitoyda zafar quchdi
Xitoy poytaxti Pekinda talaba-sportchilar o‘rtasida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli J300 toifasidagi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtlarimiz g‘olib chiqdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich talabalari Akmal Abdullayev va Danil Kvasov saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Ular turnir finalida Janubiy koreyalik Vonmin Kim va xitoylik Hanlei Lu juftligi bilan to‘qnash keldi.
Danil Kvasov va Akmal Abdullayev mahalliy muxlislarning o‘ziga xos bosimi ostida o‘tgan o‘yinda raqiblarini 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA