Tadbirkorga solingan jarimani sud ikki baravar kamaytirişi mumkinligi qonunçilikka kiritiladi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida “Valyutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunning 111-moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Yangi qonun bilan iqtisodiy sudlarga muhim vakolat berilmoqda. Endilikda sudlar taşqi savdo operatsiyalarida aktivlarni qaytariş (repatriatsiya qiliş)ni taʼminlamagan tadbirkorlarga nisbatan jarima qöllaşda yengillaştiruvçi holatlarni hisobga olişi mumkin böladi.
Xususan, xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan körilgan çoralarni inobatga olib, jarima miqdorini kamaytiriş huquqi berilmoqda.
Agar javobgarlikni yengillaştiruvçi heç bölmaganda bitta holat mavjud bölsa, sud belgilangan jarimani ikki baravargaça kamaytirişi mumkin.

Senatorlar öz çiqişlarida uşbu yengillaştiruvçi holatlarga alohida töxtalib ötdi. Unga köra, agar taşqi savdo böyiça aktivlarning kamida 50 foizi qaytarilgan bölsa yoki tadbirkor sud, arbitraj va boşqa majburiy undiruv usullari orqali öz huquqlarini himoya qiliş çoralarini körgan bölsa, bu javobgarlikni yengillaştiruvçi asos sifatida qabul qilinadi.
N.Abduraimova,
ÖzA