Çorvaçilik sohasida Pokiston bilan hamkorlik
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov pokistonlik investorlar bilan uçraşdi.
Unda Orolböyida çorvaçilik sohasini rivojlantiriş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda qiymati 500 ming AQŞ dollarini taşkil etuvçi bosqiçma-bosqiç investitsiya dasturini amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Şu bilan birga, Pokistondan muzlatilgan halol mol göştini yetkazib beriş böyiça mahalliy importçilar va salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.

Delegatsiya vakillari Nukus şahridagi sovutgiçli omborxonaлар faoliyati bilan tanişiş, 100 tonnalik sovutgiçli omborxona taşkil etiş hamda Nukus xalqaro aeroportidagi “yaşil yölak” imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, dastlabki bosqiçda 25 boş qoramolni qamrab oladigan pilot loyihani yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borildi. Bunda çorvaçilik uçun zarur yaylovlar, ozuqa bazasi, yer maydoni ajratiş hamda veterinariya xizmatini taşkil etiş imkoniyatlari örganilişi közda tutilgan.
Mazkur taşrif Qoraqalpoğiston Respublikasida çorvaçilik tarmoğini rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, oziq-ovqat taʼminoti va eksport-import infratuzilmasini takomillaştiriş yölidagi muhim qadamlardan biri bölişi mumkin.
Xorijiy investorlar bilan bunday muloqotlar hududning iqtisodiy salohiyatini keng namoyon etiş, yangi hamkorlik aloqalarining saqlanişida va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun keng imkoniyat yaratadi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri