Tabiat nafasi, ranglar jozibasi va ijod sirlari...(+video)
“Rassom ustaxonasi” loyihasining navbatdagi sonida tabiatning betakror nafasi va go‘zalligini ranglar tilida kuylagan, mo‘yqalami orqali ona zamin jozibasini yuraklarga olib kira olgan mohir rassom Anvar Bobo bilan samimiy va mazmunli ijodiy suhbatning ikkinchi qismi taqdim etiladi.
Rassom Anvar Boboqulov tabiatni sevuvchi, hayot bilan hamnafas ijodkorlardan. Uning asarlariga nazar tashlar ekansiz, bir lahzada kuzning oltinrang fasliga, yana bir lahzada tog‘lar bag‘riga, yoki qip-qizil anorzorlar qo‘yniga sayohat qilgandek bo‘lasiz. Har bir polotnoda tabiatning nafasi, yurtning go‘zalligi va rassom qalbining tuyg‘ulari mujassam.
Ijodkorni ilhomga yetaklaydigan kuch nima?
Ustozi Ne’mat Qo‘ziboyevdan nimalarni o‘rgangan?
Ilk marta qaysi asarlari bilan san’at ixlosmandlari e’tiborini qozongan?
Bu va boshqa qiziqarli savollarga javobni video дaвомидa topasiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dZuRmVGOpoc" title="Rassom ustaxonasi: Anvar Boboqulov 2-qism" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA