Suriyaning sobiq bosh muftiysi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Suriya sud tizimi Bashar Asad hukmronligi davrida mazhablar aro nafrat qo‘zg‘atish va lavozimini suiste’mol qilish kabi qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan sobiq bosh muftiy Ahmad Badriddin Hassunni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
16 yildan ko‘p vaqt davomida eng yuqori ma’naviy lavozimda o‘tirgan Hassun Asad bilan juda yaqin edi. U yangi hukumat tomonidan sudlangan sobiq rejim bilan bog‘liq o‘ninchi shaxs bo‘ldi.
S.Rahimov, O‘zA