Hurmuz ochiladimi?
Eron va O‘mon rasmiylari Tehronda Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini tiklash masalasini muhokama qildi. Tomonlar bo‘g‘ozda vaqtincha qo‘shma yo‘lak ochish va suv hududini minadan tozalash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishdi.
Yangi tartib bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilyapti. O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr Albusaidiy muvaqqat yo‘l tez orada ishga tushishini bildirdi. Keyingi muzokarada doimiy yo‘nalishni belgilash, bo‘g‘ozni boshqarish, kema harakatini muvofiqlashtirish va xavfsizlik xizmatini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy esa Fors ko‘rfaziga kiruvchi kemalar uchun ochiladigan yo‘l to‘liq Eron hududidan o‘tadi. Qaytish chizig‘i esa Eron va O‘mon suv hududini qamrab oladi. Tomonlar bu masala bo‘yicha 30-60 kun davomida qo‘shimcha muzokara olib borishni rejalashtirgan.
Mazkur muloqot Vashington va Tehron o‘rtasida Hurmuz masalasi bo‘yicha keskinlik saqlanib turgan paytga to‘g‘ri keldi. Donald Tramp O‘monni muzokaraga to‘sqinlik qilmaslikdan ogohlantirgan edi.
Shuningdek, Eronda Pokiston delegatsiyasi bilan bo‘g‘oz masalasi va urushni to‘xtatishga qaratilgan muzokarani qayta tiklash imkoniyati ham muhokama qilindi.
Musulmon Ziyo, O‘zA