Sun’iy intellekni boshqaring, unga qaram bo‘lmang
“Kotib AI” asoschisi Samandar Tursunaliyev bilan suhbatda sun’iy intellektga to‘g‘ri savol berish, uning javoblarini tekshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, soxta AI dasturlari va ovoz hamda videoni klonlashtirish orqali amalga oshirilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Sun’iy intellekt kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. U ma’lumot izlash, ta’lim olish, ish jarayonlarini yengillashtirish va turli masalalarga yechim topishda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq undan foydalanishda ehtiyotkorlik va tanqidiy fikrlash muhim.
Mutaxassis sun’iy intellekt insonning o‘rnini bosuvchi emas, balki undan oqilona foydalanilgandagina katta natija beradigan vosita ekanini ta’kidladi.
Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov, Iskandar Ismatov, O‘zA