Sudyalar talabalar huzurida
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Avlodlar uchrashuvi” ma’rifiy tadbiri doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Yoshlar va kelajak” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni sud-huquq tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, tajribali mutaxassislar va yoshlar o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
[gallery-29237]
Uchrashuvda kengash raisi Xolmo‘min Yodgorov boshchiligidagi delegatsiya, sud faxriylari hamda amalda faoliyat yuritayotgan sudyalar ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlar uchun qisqa madaniy dastur va taqdimot tashkil etildi. Shundan so‘ng talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori B. Jollibekov ushbu uchrashuvning ahamiyatiga to‘xtalib, yoshlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, adolat tamoyillari va qonun ustuvorligini anglashda bunday tadbirlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Tadbirda mamlakat sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sudlar tomonidan odil sudlovni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
Faol talaba-yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Mehmonlar universitet qoshidagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyini ham tomosha qildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA