Starmer Kiyevga keldi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukrainaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, bu qirollik hukumati rahbarining lavozimini tark etishidan oldingi so‘nggi xorijiy tashriflaridan biridir. Muzokarada ikki tomonlama munosabat va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilingan.
– Britaniyada Bosh vazir almashgandan keyin ham Londonning Kiyevga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi, Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlash mudom davom etadi, – degan yuqori martabali mehmon.
Kir Starmer 22-iyun kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilgan. Uning o‘rniga kelishi kutilayotgan Endi Bernem 17-iyul kuni partiya rahbari etib saylanishi, 20-iyulda esa oliy lavozimni egallashi mumkin.
D.Hakimov, O‘zA