Armaniston TRIPP doirasidagi kelishuvni ma’qulladi
Armaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlari TRIPP loyihasi doirasida strategik hamkorlik bo‘yicha doiraviy kelishuv imzoladi.
2025-yil avgust oyida Qo‘shma Shtatlar, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Yerevan Vashington va uchinchi tomonlar bilan TRIPP loyihasi uchun doiraviy hujjat ishlab chiqish ustida ish boshlanishi bildirilgan deklaratsiyani imzolagan edi. Mazkur tashabbus avtomobil va temir yo‘l hamda neft-gaz infratuzilmasi barpo etishni nazarda tutadi.
TRIPP Ozarbayjonning asosiy qismini Armaniston hududidan o‘tadigan 42 kilometrlik yo‘l orqali Naxchivon mintaqasi va Turkiya bilan bog‘laydi.
May oyida Amerika muhandislik va maslahat firmasi – AECOM vakillari TRIPP maydonchasini o‘rgana boshlagan. Ushbu jamoa Davlat departamentining Global infratuzilma va investitsiya sheriklik jamg‘armasi nomidan ish yuritish uchun Yerevanga yetib keldi.
S.Rahimov, O‘zA