Standart talablariga javob bermaydigan dazmollar savdodan olindi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan savdo shoxobchalarida bozor nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida realizatsiya qilinayotgan dazmollardan namunalar olinib, ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari hamda amaldagi standartlar talablariga muvofiqligi laboratoriya sinovlari orqali tekshirildi.
Laboratoriya tahlillari uchun "MEGA" brendi ostida sotuvga qo‘yilgan dazmol mahsulotlaridan namunalar olindi. Sinov natijalariga ko‘ra, Xitoydan import qilingan mazkur mahsulot amaldagi standartlar talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, mahsulot tegishli davlatlararo standartning bir necha bandlari talablariga nomuvofiq ekani tasdiqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan savdo shoxobchalariga ogohlantirish xatlari yuborildi. Shuningdek, mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish hamda ularning realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
Hamroz Bayonov, O‘zA