Kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan “bankir”lar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan “bankir”larning noqonuniy harakati fosh etildi.
Jumladan, tijorat bankining uch nafar BXM xodimi o‘zaro til biriktirib, besh nafar fuqaroning nomiga imtiyozli kredit mablag‘i ajratgan. Ushbu ajratilgan 146 million so‘mlik kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Hozirda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.